Pattaya-Rayong shahrida (Tailand) baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda parakanoe bo‘yicha o‘z yakuniga yetgan Osiyo chempionatida Furqat Sobirjonov boshchiligidagi o‘smirlar, yoshlar hamda murabbiylarimiz boshchiligidagi parakanoe milliy terma jamoalarimiz 37 nafar sportchi va 5 nafar murabbiy bilan ishtirok etdi. Quvonarlisi, yosh va umidli baydarka va kanoechilarimizning barchasi medallarga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga umumjamoa hisobida U18 yosh toifasida 9ta oltin, 5ta kumush, 3ta bronza bilan 1-o‘rin, U23 yosh toifasida 8ta oltin, 6ta kumush, 3ta bronza medallari va 1-o‘rin, parakanoe bo‘yicha esa 7ta oltin, 6ta kumush, 1ta bronza medallari bilan ham 1-o‘rinni egalladik. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!