Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha Osiyo chempionatining ilk medalini O’zbekiston milliy terma jamosi hisobiga bir kishilik baydarkada (K-1) Oleksandr Zarubin keltirdi. Ikkinchi medalni esa ikki kishilik kanoeda (C-2) Muhammadali Mirismanov va Diyorbek Mamatkulov qo’shib qo’yishdi. Navbatdagi medal (С-2) Kamoliddin Rahmatullayev hamda Azimjon Sotiboldiyevga nasib etdi.