Xitoyning Nanchang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha Qit’a birinchiligida 20 davlatdan 200 dan ortiq sportchi K-1, K-2, K-4, C-1, C-2 va miks yo’nalishlarida 200, 500, 1000 metr masofalardagi bellashuvlarda sovrinli o’rinlar uchun bahs olib borishadi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 16 nafar baydarka va kanoechilarimiz himoya qilishadi. Quvonarlisi, hakamlar safida bizning yurtdoshimiz Ismoil Egamberdiyev ham Osiyo chempionatini boshqarib boradi. O’zbekiston milliy terma jamoasi: Lochinbek Esonaliyev Yaroslav Slavogorodskiy Davron Salimov Begzod Murodov Muhammadali Mirismanov Azimjon Sotiboldiyev Kamoliddin Rahmatullayev Oleksandr Zarubin Diyorbek Mamatkulov Arina Tanatmisheva Milana Dushev Yanich Madinabonu Islamova Darya Mishina Zarina Rustamova Murabbiylar: Natasha Dushev Yanich Aleksandr Ponomaryov Vyacheslav Sergeev Sportchilarimizga omad va zafarlar yor bo’lsin deb qolamiz!