Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kunida jami 6 ta medal qo’lga kiritildi.

Jahon chempionati g’olibi Artur Guliyev (C1, 200m) ushbu Osiyo birinchiligini oltin medal bilan boshladi. Go’zal va latofatli qizlarimiz - Shohsanam Sherzodova (C1, 200m), Arina Tanatmisheva (K1, 200m), Nilufar Zokirova/Shohsanam Sherzodova (C2, 200m), aka-ukalar - Artur Guliyev/Vladlen Denisov (C2, 500m) 3 ta kumush hamda Arina Tanatmisheva/Yekaterina Shubina (K2, 500m) bronza medallariga ega chiqishdi.