Toshkent dengizida Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300ga yaqin U14, U16 yosh toifasidagi baydarka va kanoechilarimiz mamlakat chempionatida g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqalarni kuzatib borish, mahoratli sportchilarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi tomonidan tajribali murabbiylar, xorijlik mutaxassislardan iborat murabbiylar shtabi tashkil etilgan bo‘lib, ular iqtidorli yosh va umidli sportchilarni aniqlash, ularni yo‘naltirish, xalqaro musobaqalarda vatanimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoalarga zaxira sportchilarni tanlash kabi masalalarda monitoring ishlarini olib borishi belgilangan. O‘zbekiston chempionati bahslari 28-iyunga qadar davom etadi.