Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston U18 va U23 yosh toifalaridagi milliy terma jamoalari navbatdagi nufuzli xalqaro musobaqa - Osiyo chempionatida ishtirok etishadi.


 
4–7-iyun kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tkaziladigan Qit’a birinchiligida Osiyoning 17 davlatidan 350 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Musobaqa davomida U18 yosh toifasida 22 ta, U23 yosh toifasida 25 ta hamda parakanoe yo‘nalishida 20 ta medallar jamlanmasi o‘z egalarini topadi.
Quvonarlisi, ushbu chempionatda yurtimiz sharafini 50 nafar sportchidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi himoya qiladi.
Sportchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalarni tilab qolamiz!
Terma jamoamizning har bir vakili uchun muxlislik qilamiz va ulardan yuqori natijalar kutib qolamiz.
 
Olg‘a, O‘zbekiston!