Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha O’zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalarimiz a’zolari ertadan U18, U23 Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi. Sportchilarimiz 200, 500, 1000 metr masofalardagi bellashuvlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishadi. Ertaga startga chiqadigan sportchilarimiz ro‘yxati: 1000m - U18 C-1: Asqar Hasanboyev, K-1: Danila Kryukov, K-1: Shahrizoda Mavlonova, K-2: Shohruh Hasanov/Diyor Murodullayev. U23 C-1: Mirjalol Komilov, K-1: Ozod Amriddinov, K-1: Arina Tanatmisheva, K-4: Samandar Haydarov/Begzod Murodov/Ozod Amriddinov/Yaroslav Slavgorodskiy. 200m - U18 C-1: Muattarxon Kodirjonova, K-1: Nikita Reynvald, K-2: Nikita Reynvald/Danila Kryukov. U23 C-1: Shohjahon Muhammadiyev, C-1: Shohsanam Sherzodova, C-2: Honzoda Erkinova/Zarina Rustamova, K-1: Darya Mishina. Osiyo chempionati 15-iyun kuni yakunlanadi.