Ob – havo sharitiga qaramay Toshkent dengizida U23 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogida respublikamizning deyarli barcha hududlaridan 300 dan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borishmoqda. Ushbu musobaqada har bir sportchi o‘z tezligini, chidamliligini va chaqqonligini isbotlaydi. O‘zbekiston kubogi 28-mart kuni yakunlanadi.