Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʼyicha O‘zbekiston chempionatiga 1 kun qoldi.

    27-28-fevral kunlari Toshkent dengizida mamlakatimizning turli hudularidan tashrif buyurgan sportchilar ishtirokida mamlakat chempionati bo‘lib o’tadi.  Qishning so‘nggi musobaqasida 150 dan ortiq baydarka va kanoechilar marafon masofalaridagi bellashuvlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishadi.    Ushbu O‘zbekiston chempionatida erkak sportchilar 2000, 5000, 10 000, qiz sportchilar esa 2000, 5000, 7500 metr masofalari bo‘yicha bahs olib borishadi.