Bugun (02.03.2026) slalomda eshkak eshish bo’yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro musobaqalardagi ishtirokini boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 24-fevraldan 1-martga qadar reyting turniri va Osiyo chempionatidan oldin sportchilarimiz Tailandning Pattaya shahrida xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inida ishtirok etishdi. Mashg’ulotlar bo‘lib o’tgan kanal ushbu ma’suliyatli musobaqalarga ham mezbonlik qilmoqda. 

Xalqaro reyting turniri - ICF World Ranking 2-4-mart kunlari, shuningdek, U18, U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati 5-8-mart kunlari o‘tkaziladi. 

6 nafar sportchimiz klassik slalom, shod slalom, yakkalik hamda jamoaviy bellashuvlardagi kanoe va baydarka slalomida, kayak kross yo‘nalishlarida ishtirok etishadi.