30-iyundan slalomda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz a’zolari jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi.


 
Krakovdagi (Polsha) ushbu U18, U23 jahon birinchiligida 51 davlatdan 445 nafar sportchi qatorida mamlakatimizning 6 nafar slalomchisi ham 24 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib boradilar, bundan tashqari, 9 nafar amaldagi jahon chempionlari o‘z titulini himoya qiladi. Demak, bosh murabbiy Rustam Ruziyev hamda murabbiylar Alibek Temirgaliyev, Pavel Smirnov boshchiligidagi barcha atletlarimizni murossasiz bahslar kutmoqda. Biz esa ularga omad yor bo‘lsin deb qolamiz!

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Asilbek Ernazarov
Daniyar Islomov
Sherzod Kurbanaliyev
Samandar Saydullayev
Ibrohimjon Nosirjonov
Mustafo Matiboyev


Olg‘a O‘zbekiston!