Chempionlar sahifamizning yana bir qahramoni bilan tanishing! Turdiyev Alisher G‘ulom o‘g‘li 1999-yil 1-yanvar sanasida Toshkent viloytining Bekobod tumanida tavallud topgan. Oliy ma’lumotli, 2021-yilda Guliston davlat universiteti (bakalavriat) va 2024-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini (magistratura) tamomlagan. 2013-yildan buyon akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda toq eshkaklik ekipajlarda ishtirok etadi. Maqsadi - O‘zbekistonda akademik eshkak eshish sportini yanada rivojlantirish va kelgusida murabbiylik faoliyatini olib borish. Asosiy maqsadi esa xalqaro musobaqalarda shuningdek, Nagoyadagi (Tokio) Osiyo o'yinlarida va Los-Anjelesdagi (AQSH) Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilish. Uning xobbiysi – kitob o'qish. Bo‘sh vaqtini farzandlari bilan o‘tkazishni xush ko‘radi. 2022-yilning 28-iyun sanasida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Qo‘lga kiritgan yutuqlari: Ko'p karra O'zbekiston chempioni va kuboklari sohibi. Osiyo chempionati Pattaya (Tailand) 2017-yil oltin. Osiyo chempionati yoshlar o‘rtasida Singapur 2017-yil oltin va kumush. Osiyo kubogi Chundju (Koreya) 2018-yil oltin. Osiyo o‘yinlari Polembang (Indoneziya) 2018-yil kumush. Osiyo chempionati Chundju (Koreya) 2019-yil oltin va kumush. Osiyo chempionati Pattaya (Tailand) 2021-yil oltin. Bolshaya Moskovskaya regata 2022-yil 2ta kumush. Vlodivostovskaya regata 2022-yil oltin. Osiyo chempionati Rayong (Tailand) 2022-yil kumush. Yantarnaya vyosla regatasi Trakay (Litva) 2023-yil oltin. Osiyo o‘yinlari Xanchjou (Xitoy) 2023-yil oltin. Osiyo chempionati Samarqand (O‘zbekiston) 2024-yil 2ta oltin.