Sherzodova Shohsanam Sherzod qizi 2005-yil, 20-fevral sanasida Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida tavallud topgan. Iste’dodli kanoechi, Osiyo va O‘zbekiston chempionatlarining ko‘p karra g‘olibi, milliy terma jamoaning yorqin vakillaridan biridir. Sportdan tashqari, Shoxsanam rasm chizishga qiziqadi va ijodda ilhom hamda ichki muvozanat manbaini topadi. Sportchining oldida katta va ezgu maqsadlar turibdi: 2026-yilgi Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, shuningdek, Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashish va medallarga ega chiqish. Bu yo‘lda u maqsad sari qat’iyat bilan va puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. SHOHSANAMNING SPORTDAGI YUTUQLARI: Osiyo chempionati U18 – 2022 (Tailand) – oltin/kumush Osiyo chempionati U18 – 2023 (Samarqand) – oltin Jahon chempionati U18 –2023 (Italiya) – kumush, yozgi Osiyo oyinlari – 2023 (Xitoy) – kumush, Osiyo chempionati U23 – 2024 (Tailand) – oltin, Osiyo chempionati U23 – 2025 (Tailand) – kumush/bronza, jahon chempionati U23 – 2025 (Portugaliya) – kumush/bronza. Biz mitti yulduchamizga omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!