CHEMPION

Sahifamizning navbatdagi qahramoni – Tokyo-2020 va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, Osiyo o‘yinlari sovrindori, jahon chempionatlari hamda  xalqaro musobaqalar g‘olibi va sovrindori, go‘zal va maftunkor Nilufar Zokirova.  Zokirova Nilufar Obidjon qizi 1997-yil 15-iyun kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Sportga akasi orqali mehr qo‘ygan. 2014-yildan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi. Hozirda Vyacheslav Sergeyev qo‘l ostida shug‘ullanmoqda. Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yakkalik va juftlik bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan. Xobbiysi – sayohat qilish. Nilufarning maqsadlari juda ko‘p,  navbatdagi Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etish hamda mamlakatimizda baydarka va kanoeda eshkak eshish sportini yanada rivojlantirish. Xozirgi kunda Mudofaa vazirligi sport markazining III darajali serjanti. 2021-yilda "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlangan.   NILUFARNING SPORTDAGI NATIJALARI: Ko‘p karra O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi 2015-y jahon kubogi Duysburg (Germaniya) – bronza  2015-y yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati Lissabon (Portugaliya) – kumush   2016-y jahon kubogi Duysburg (Germaniya) – oltin/kumush  2017-y Osiyo chempionati Shanxay (Xitoy) – oltin/ kumush 2018-y o‘smirlar ortasidagi jahon chempionati Plovdiv (Bolgariya) – 2x kumush  2018-y Osiyo kubogi Samarqand O‘zbekiston – 2x oltin  2018-y Osiyo o‘yinlari Jakarta (Indoneyziya) – kumush  2019-y jahon kubogi Duysburg (Germaniya) – kumush  2019-y O‘smirlar ortasidagi jahon chempionati Piteshti (Ruminiya) – oltin/kumush  2019-y jahon chempionati Seged (Vengriya) – bronza va Tokyo Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi 2021-y jahon kubogi Barnaul (Rossiya) – kumush   2021-y Olimpiada ishtirokchisi Tokyo (Yaponiya)  2022-y Osiyo chempionati Tailand – oltin 2023-y Osiyo oyinlari Hanchjou (Xitoy) – bronza  2024-y Osiyo chempionati Tokyo (Yaponiya) – oltin va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi  2024-y Olimpiada ishtirokchisi Parij  Hayotdagi shiori hech qachon taslim bo‘lmaslik!