Eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston kubogi

Tuyabug‘uz qishlog‘ida (Tosh.dengiz) eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi. Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan 250 nafardan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Turnir tufayli murabbiylar shtabi sportchilarning imkoniyatlarini baholay olishdi, shuningdek, keyingi musobaqalarda ishtirok etadigan eshkak eshuvchilarni aniqlab olishdi.