O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi hamda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda 2026–2027 o‘quv yilining qabuli masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar sport ta’limi sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldilar.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlovchi memorandum imzolandi.
Birgalikda - yangi marralar sari! 🏆