Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 2024-yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, O‘zbekiston Milliy оlimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, shuningdek, sportchi va murabbiylar ishtirok etdi. Tadbir davomida sportchilar hamda ularning murabbiylariga pul mukofotlari topshirildi.