Ko'pkurash kubogining 3-bosqichi

Poytaxtimiz mezbonligida tashkil etiladigan -  baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha an’anaviy  Ko‘pkurash kubogining 3-bosqichida 110 nafardan ortiq sportchi startga chiqib, sovrinli o‘rinlar uchun keskin va tomoshabop bahs olib bordilar. Musobaqa ishtirokchilari yuksak tayyorgarlik darajasi, kuchli iroda va g‘alabaga bo‘lgan intilishni namoyish etib, bellashuvlarni chinakamiga hayajonli va qiziqarli tarzda o‘tkazishdi.
Ishtirokchilarning jamoadoshlari, murabbiylari va oila a’zolari, do’stlari ularni qo‘llab-quvvatlagan holda dalda beruvchi so‘zlar bilan muxlisliklik qilishdi.