Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Farg’ona, Samarqand, Toshkent viloyatidan 160 nafardan ziyod slalomchilar sovrinli o’rinlar uchun bahs olib borishmoqda. Bu safar musobaqa lokatsiyasi Andijon shahri bo’ldi. Musobaqaning ilk kunda ekstrim slalom bo’yicha bellashuvlar o’tkazildi. Mustafo Matiboyev oltin, Muhammadrizo Muydinov kumush, Amir Bazritdinov bronza medallariga ega chiqishdi.