Mamlakatimizda yana bir nufuzli musobaqa o‘tkaziladi!

10-14-oktabr kunlari koʻhna Samarqand mezbonligida akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Bellashuvlarda qit’amizning 12 davlatidan eng kuchli eshkak eshuvchilari ishtirok etishi kutilmoqda. Ayni paytda akademik eshkak eshish bo‘yicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zolari mazkur Osiyo birinchiligiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda.