“Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, kanoechi Artur Marlenovich Guliyev “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. O‘zbekiston ROWING & CANOE federatsiyasi va butun eshkak eshish oilasi Artur Marlenovichni tabriklaydi va unga xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishda davom etishini tilaydi. G‘alabalaring davom etsin, O‘zbekistonning munosib farzandi!