O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga ko‘ra akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi - Xudoyberdiyev Dilshodjon Rayimberdi o’g’li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi hamda barcha eshkak eshuvchilar oilasi Dilshodjon Rayimberdiyevichni tabrilkab, unga yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilishda davom etishini tilab qoladi.
G‘alabalaring bardavom bo‘lsin O‘zbekiston mard o‘g‘loni!