Martabali mehmon - Osiyo kanoe konfederatsiyasi Prezidenti Shri Prashant Kushwaha kutib olindi!

Martabali mehmon - Osiyo kanoe konfederatsiyasi Prezidenti Shri Prashant Kushwahaning Oʻzbekistonga tashrifi yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli yakunlandi. Tashrif doirasida u Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasida ishtirok etdi. Shuningdek, mamlakatimizda baydarka va kanoeda eshkak eshish sportini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuvlar muhokama qilindi.