5-oktabr sanasida Ozarbayjonning Mingachevir shahridagi Olimpiya markazida MDH davlatlari sport o‘yinlari doirasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha bellashuvlarga start beriladi. Ushbu ma’suliyatli musobaqada mamlakatimiz sharafini 7 nafar sportchimiz himoya qiladi. Yosh atletlarimiz 200, 500 hamda 1000 metr masofalardagi poygalarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi. Kanoe qayig‘ida: G‘ulom Qarabayev, Muhammadaziz Aripov. Baydarka qayig‘ida: Ziyodbek Yo‘ldoshaliyev, Shohruh Hasanov, Nikita Reynvald, Davlatjon Hamdamov, Mark Sherbakov.