MDH o’yinlarida ishtirok etadigan akademik eshkak eshuvchilarimiz bugun Ozarbayjonga yetib borishdi.

Muhim musobaqada sportchilarimiz yakkalik va juftlik bellashuvlarida ishtirok etishadi. U18 (M1x) - Laziz Qo’chqorov, (M2x) - Bobur Xayitboyev/Laziz Qo’chqorov. U20 (M1x) - Jamalbek Turgunov, (M2x) - Bobur Muhiddinov/Jamalbek Turgunov. Akademik eshkak eshish bo’yicha poygalar 5-oktabr kuni boshlanadi. Ma’lumot uchun O’zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 3 ta oltin, 8 ta kumush va 17 ta bronza medali bilan 4-o’rinni band etmoqda.