Mehroj Mamatqulovni tabriklaymiz!
Bosh sahifa
Yangiliklar
Mehroj Mamatqulovni tabriklaymiz!
Bugun akademik eshkak eshish boʻyicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, XIX Osiyo va BRIKS o'yinlari sovrindori, ko'p karra O’zbekiston hamda Osiyo chempioni, mexanik eshkak eshish bo’yicha jahon chempionati sovrindori Mehroj Mamatqulov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi Mehrojni tug’ilgan kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, sport maydonlarida yangi yorqin g‘alabalarni va har bir start sizga quvonch va mamnuniyat olib kelsin, mashaqqatli mehnat doimo yuksak natijalar bilan taqdirlansin. Murabbiylaringiz, jamoangiz va yaqinlaringiz sizni doimo qo‘llab-quvvatlashsin. Faoliyatingizda yanada yuksak o‘sish, belgilangan maqsadlarga erishish hamda O‘zbekiston sportini xalqaro maydonda munosib tarzda sharaflashni tilaydi!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
10.01.2026