10 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu startda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Andijon viloyatilari va Toshkent shahridan jami 200 nafar (100 nafari erkak va yana 100 nafari qiz) U15, U17, U19, U23 va undan katta yosh toifasidagi sportchilar 2 va 6 km masofalariga o‘tkazilgan bellashuvlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Musobaqada ayrim eshkak eshuvchilarimiz shaxsiy rekordlarini ham yangilashga muvoffaq bo‘lishdi. G'oliblar qatoridan joy egallagan milliy terma jamoamiz a'zolari - 2 km masofada Alisher Turdiyev, 6 kmda Mexrojbek Mamatkulov va ayollar o'rtasida 2 km hamda 6 km masofalarida Anna Prakaten bo'ldi.