Kuni kecha Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi rahbariyati va murabbiylar kengashi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik rejalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov mutasaddilar bilan suhbatlashdi. Uchrashuvda barcha yosh toifalaridagi terma jamoalarning joriy yil kutib turgan yirik musobaqalarga jumladan Osiyo chrmpionatlari, jahon kubogi va jahon chempionatlariga tayyorgarligi, mavjud muammo va kamchiliklaroʻrganildi.