Mingachevirdan xushxabar!

    Kuni kecha Prezident cup – 2025 xalqaro regatasining birinchi kunida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 200 metr masofaga o‘tkazilgan bellashuvlarda kanoechimiz Bexruz Ergashev oltin, ilk marotaba katta sport maydonida chiqish qilgan baydarkachimiz Zafar Baxtiyorov esa kumush medaliga ega bo'ldi.