Slalomda eshkak eshish bo'yicha asosiy terma jamoamiz, shuningdek, yoshlar terma jamoasi vakillari Al-Ayn shahrida (BAA) o‘tkazilgan xalqaro yig‘indagi ishtirokini yakunladi. O‘zbekistonlik slalomchilar dunyoning kuchli terma jamoalari bilan birgalikda qo‘shma mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishdi. Ushbu yig‘in doirasida asosiy e’tibor tezlik, texnika va trassadagi har bir to‘sindan mukammal tarzda o‘tishga qaratilgan edi. Endilikda terma jamoalarimiz navbatdagi start – 7-13-mart kunlari Tailandning Pattaya shahrida U20 va U23 yosh toifalarida oʻtadigan Osiyo chempionatida, hamda kattalar o‘rtasidagi ICF RANKING turnirida ishtirok etishadi. Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida O'zbekiston sharafini 9 nafar sportchimiz himoya qiladi.