Pattaya-Rayong shahrida (Tailand) baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham terma jamoamizga omadli keldi. 1000 va 200 metr masofalarda finalga chiqqan barcha sportchilarimiz medallarga ega chiqishdi. Demak, bugungi kun bellashuvlaridan keyin baydarka va kanoechilarimiz milliy terma jamoamiz hisobiga 9ta oltin, 6ta kumush, 2ta bronza va parakanoechilarimiz esa 2ta oltin, 3ta kumush medallarini qo‘shib qo‘yishdi.