12-15-iyun kunlari Pattayya-Rayong shahrida (Tailand) bo‘lib o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha U18, U23 va para kanoe bo‘yicha Osiyo chempionatida zafar quchgan milliy terma jamoalarimiz a’zolari I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O’zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi, O’zbekiston paralimpiya qo’mitasining rahbariyati va ma’sul xodimlari, OAV hamda oila a’zolari tomonidan tantanali kutib olindi. Eslatib o’tamiz, ushbu Osiyo startida delegatsiyamiz 17ta oltin, 11ta kumush, 6ta bronza, jami 34 ta medallar bilan har ikki yosh toifasi bo’yicha umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egalladi. Shuningdek, parakanoechilar jamoasi 7ta oltin, 6ta kumush va 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, ular ham umumjamoa hisobida birinchi bo’lishdi.