Osiyo chempionatidan xushxabar!!!

Pattaya-Rayong shahrida (Tailand) baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 16 davlat ishtirok etayotgan o‘smirlar, yoshlar o‘rtasidagi va parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi kuni delegatsiyamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Quvonarlisi, para kanoechilarimiz 2ta oltin medaliga ega chqishgan bo‘lsa U18 va U23 yosh toifasidagi sportchilarimiz esa to‘g‘ridan – to‘g‘ri finalga yo‘l olishdi. Final bellashuvlari ertaga, 13-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Sportchilarimizga omad yor bo'lsin! Kun qahramonlari:  1000m: U18 K-1: Danila Kryukov, U23 K-1: Ozod Amriddinov, U18 C-1: Asqar Hasanboyev, U18 K-1: Shahrizoda Mavlonova, U23 K-4: Samandar Haydarov/Begzod Murodov/Ozod Amriddinov/Yaroslav Slavgorodskiy, U23, C-1:  Mirjalol Komilov, U23 K-1: Arina Tanatmisheva, U18 K-2: Shohruh Hasanov/Diyorbek Murodullayev. 200m U18 C-1: Muattarxon Kodirjonova, U23 C-2: Honzoda Erkinova/Zarina Rustamova, U23 C-1: Shohjahon Muhammadiyev, U18 K-1: Nikita Reynvald, U18 C-1: Bexruz Ergashev, U23 C-1: Shohsanam Sherzodova, U18 K-2: Nikita Reynvald/Danila Kryukov, U23 K-1: Darya Mishina. Para canoe bo‘yicha 200m KL3 Hasan Sulaymonov, KL3Shaxnoza Mirzayevalar oltin medallarini qo'lga kiritishdi.