Sport bazasi oʻrta togʻlarda, Toshkent viloyatining Qorankoʻl qishlogʻida (Hojikentdan uncha uzoq boʻlmagan) va Chorvoq suv omborida joylashgan. U federatsiya bosh homiysi – “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan sportchilarga taqdim etildi.
Bu yerda barcha zarur yashash sharoitlari, o‘quv jarayonini yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
Sohilda sportchilarning suvga chiqishi uchun maxsus iskala o‘rnatilgan, qayiq, eshkak, tezyurar qayiq va ixtisoslashtirilgan sport anjomlarini saqlash uchun qayiqxona mavjud. Sport zali zarur jihozlar, jumladan, eshkak eshish uchun maxsus jihozlar bilan jihozlangan.