O‘zbekiston kubogining birinchi kuni shiddatli bellashuvlarga boy bo‘ldi. Ob-havo sharoitiga qaramay, har bir poygada qatnashgan sportchilar eng yaxshi natijalarini qayd etishga harakat qildilar. Hammani larzaga solgan 200 metr masofadagi poyga bu Andijon maktabi tarbiyalanuvchisi Nilufar Zokirova, sirdaryolik Shohsanam Sherzodova, Toshkent viloyatidan Xonzoda Erkinovalar ishtirokidagi bellashuv bo‘ldi. Kanoechilarimizning barchasi birinchi bo‘lishga intildilar. Oltin NIlufarga nasib etdi. Baydarkachi qizlarimiz orasida Yekaterina Shubina birinchi, uning ortidan Arina Tanatmisheva ikkinchi va kuchli uchlikka esa Yekaterina Shubinaning shogirdi va ikki yillik tanaffusdan so‘ng katta sportga qaytgan Darya Mishina yakun yasadi. Albatta, sportchilarimiz nafaqat bir masofada balki 200m, 500m, 1000m masofalarda ham o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Vladlen Denisovning g‘alabasidan ilxomlangan Artur Guliyev haqiqiy qirol bo‘lib, birinchilikni yana qo‘lga oldi. Arturga may oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida va Portugaliyadagi jahon kubogi bosqichida ham birinchi bo‘lish nasib etishini tilab qolamiz. Demak, Arturdan keyin Elyorjon Mamadaliyev 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 3-o‘rinni Kamolddin Raxmatullayev qo‘lga kirtdi. Baydarkachi erkaklar o‘rtasida farg‘onalik Davron Salimov 2023-yilgi Samarqanddagi Osiyo chempionatida sovrindorlar qatoridan joy egallagan bo‘lsa, bu safar u ikki samarqandlik raqibini ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pag‘onasiga ko‘tarildi. Eslatib otamiz, uning ortidan kelgan Ozodjon Amriddinov o’tgan yili mikst yo’nalishida Osiyo chempioni bo’lgan. Shahbozjon Abdulloyev 3-o’rinni band etdi.