O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Milliy paralimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Xikmat Toshmatov va federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Yusupov ishtirok etdi.  Uchrashuv davomida tomonlar para kanoe hamda para akademik eshkak eshish sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashib, kelajakdagi rejalarni muhokama qildilar. Shuningdek, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.