O‘zbekiston MOQ rahbariyati O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasining kelgusidagi istiqbolli rejalari bilan tanishdi

Dastavval, Tuyaboʻgʻiz suv omboridagi suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining eshkak eshish bazasi, sportchilar yashaydigan yotoqxona, terma jamoaning moddiy-texnik bazasi, shuningdek, asosiy baza yaqinida joylashgan zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan akademik eshkak eshuvchilarning kompleksi ham koʻzdan kechirildi. Federatsiya rahbariyati Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo hamda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha taqdimotlarini namoyish etishdi. Unda Olimpiya dasturidagi ekipajlarni shakllantirishga koʻproq ahamiyat berilishi, barcha masofalarda raqobatbardosh tarkiblarni tayyorlash, eshkak eshuvchilarning salomatligiga e’tiborda bo‘lish va murabbiylar shtabi haqida soʻz bordi. Yakunda Prezident qarori loyihasiga sportchilarni zamonaviy inventarlar bilan taʼminlash borasida takliflar belgilab olindi.