O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining “Sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarini akademik eshkak eshish sport turi uchun zarur sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlash to‘g‘risida” 2025-yil 30-apreldagi 01/771-A/F-son buyrug‘iga muv

Toshkent dengizida Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi va OAV vakillari, O‘zbekiston milliy terma jmaoamiz a’zolari, shuningdek, viloyat murabbiylari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon viloyatining Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga; Buxoro viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi; Samarqand viloyati eshkak eshish sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari kolleji; Respublika bolalar o‘smirlar sport maktabi; Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi; Bulung‘ur tumani sport maktabi; Samarqand tuman 1- va 2-sonli sport maktablari; Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi; Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi; Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi; Shirin shahar sport maktabi; Boyovut tumani sport maktabi; Yangiyer shahar sport maktabi; Boyovut tumani 2-sonli sport maktabi; Toshkent shahar Uchtepa tumani 2-sonli sport maktabi; Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon standartiga to‘liq javob beradigan qayiqlar topshirildi. Endilikda yoshlarimiz mashg‘ulotlarda zamonaviy va xalqaro musobaqalarda foydalaniladigan M1x, LM2x, LW2x, M2x, M2- yangi qayiqlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.   
 
Sportchilarimizga e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar tufayli yoshlarimiz kelajakda bundan-da yuqori natijalarga ega bo‘lishlariga ishonamiz!