Vengriya (Szeged) shahrida parakanoe bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Erkaklar o‘rtasida KL3 toifasida start olgan hamyurtimiz Xasan Qo‘ldoshev ham Parijdagi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, parakanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining Parij–2024 Paralimpiya o‘yinlarida olgan litsenziyalarining umumiy soni 6 taga yetdi: Xaitmurod Sherkuziyev – VL3 Azizbek Abdulhabibov – KL2 Shaxzoda Mamadalieva – VL3 Irodaxon Rustamova – VL2 Shaxnoza Mirzaeva – KL3 Xasan Qo‘ldoshev – KL3