Parij-2024 Olimpiya o'yinlari

Parijdagi XXXIII yozgi olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi o‘zining noyob yechimi bilan tarixga kiradigan bo‘ldi. Tashkilotchilar o‘yinlar haqida unutilmas xotiralarni qoldirish uchun yillar davomida an’anaga aylangan marosimga misli ko‘rilmagan o‘zgartirish kiritishdi. Yozgi Olimpiya o‘yinlari tarixida birinchi marta ochilish marosimi odatdagidek stadionda emas, balki shahar markazida dunyo tanigan Parij ramzlaridan biri bo‘lmish Sena daryosida tashkil etiladi. Keng ko‘lamli tadbirlarnining o‘tkazilishida inqilob qilishi kutilayotgan jarayonga Siz ham guvoh bo‘lmoqchimisiz? Unda, 26-iyul kuni soat 22:25 dan boshlab "Sport" telekanalini kuzating.