Pimenta Fernandu — baydarkada eshkak eshish bo‘yicha mashhur va muvaffaqiyatli sportchilardan biri! Uning yorqin faoliyati xalqaro maydondagi ko‘plab yutuqlarga to‘la.
Uning yutuqlari:
Olimpiya o‘yinlarining kumush va bronza medallari sohibi.
Jahon chempionatlarining uchta oltin, uchta kumush va uchta bronza, medallari sohibi.
Yevropa chempionatlarining beshta oltin, beshta kumush va beshta bronza medallari sohibi.
Yevropa o‘yinlarining beshta kumush medali sohibi.
Pimenta Fernanduning Samarqand mezbonligida bo‘lib o‘tadigan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokini kuzatib boring!