Plovdiv shahridan xushxabar!



Akademik eshkak eshish bo’yicha U19 jahon chempionatida ishtirok etayotgan qizlarimiz - JW2- Aydana Smetullayeva va Rayhona Sattorova final bahslarida marraga ikkichi bo’lib yetib kelishdi va shohsupaning ikkinchi pag’onasidan joy egallashdi.

Eslatib o’tamiz ushbu ekipaj egalari 2025-yilda Litvaning Trakay shahrida o’tgan jahon birinchiligida ham kumush medallarini qo’lga kiritishgan edi.

Barchaga medal muborak bo’lsin!

Sportchilariniz murabbiylariga esa kelgusi xalqaro musobaqalarda ham shogirdlaringiz bundan-da yuqori natijalarni qayd etishlarini tilab qolamiz!