Sebastyan Brendel 1988-yilning 12-martida Germaniyaning Shvedt shahrida tug‘ilgan. U Germaniya terma jamoasi a’zosi. C-1, C-2 yo’nalishlarida ishtirik etadi. U London-2012 va Rio-de-Janeyro-2016 Olimpiya o‘yinlarida C-1 1000 metrda oltin, Rio-de-Janeyro-2016da C-2 1000 metrga kechgan bahsda oltin, Tokio-2020 Olimpiadasida C-1 1000 metrda bronza medallarini qo’lga kiritgan. Jahon chempionatida Sebastyan Brendel C-1 1000 m va C-1 5000 metrga kechgan bellashuvda shohsupaning eng yuqori pag’onasiga ko’tarilgan. U nafaqat xalqaro maydonlarda muvaffaqiyat qozondi, balki ko‘plab yosh sportchilarga o‘rnak bo‘ldi. Aynan, Sebastyan Brendel 23-25-avgust kunlari Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda.