Shahboz Xolmurzayevni tabriklaymiz!

Bugun akademik eshkak eshish bo’yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, XVIII Osiyo o‘yinlari g‘olibi shuningdek, XIX Osiyo o’yinlari sovrindori, ko‘p karra Osiyo hamda O‘zbekiston chempioni Shahboz Xolmurzayev o’z tavallud ayyomini nishonlampqda. O’zbekiston “ROWING & CANOE” fedratsiyasi Shahbozni tug’ilgan kuni bilan tabriklab, unga kuch-quvvat, iroda, yangi g'alabalar, rekordlar va bitmas-tuganmas kuch tilaydi. Kelgusi Los-Anjelesdagi Olimpiya o‘yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritish nasib etsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!