Seged shahrida (Vengriya) parakanoe bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Xotin-qizlar o‘rtasidagi KL3 toifasidagi bahslarda hamyurtimiz Shahnoza Mirzaeva finalda 00:51:36 soniya natija qayd etib, Parijda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, parakanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining Parij–2024 Paralimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan litsenziyalarining umumiy soni 5 taga yetdi: Xaitmurod Sherkuziyev – VL3 Azizbek Abdulhabibov – KL2 Shaxzoda Mamadalieva – VL3 Irodaxon Rustamova – VL2 Shaxnoza Mirzaeva – KL2