20–25-iyul kunlari AQSHning Oklaxoma Siti shahridagi RIVERSPORT OKC majmuasida slalomda eshkak eshish bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 300 nafardan ziyod eng kuchli sportchilar ushbu nufuzli musobaqada g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham AQSHning Oklaxoma Siti shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlab, jahon birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Milliy terma jamoamiz tarkibi:
Anvar Klevleev
Pavel Eygel
🇺🇿 Sportchilarimizga omad yor bo’lsin deb qolamiz!