Bugungi kun bellashuvlarida (K-1) Pavel Eygel, Hayotbek Abdullayev, Samandar Saydullayevlar ishtirok etishdi. Quvonarlisi musobaqaning 1-kunida ishtirok etgan terma jamoamiz sportchisi Pavel Eygel Olimpiya o'yinlari sovrindori ispaniyalik slalomchidan ustun kelib 17-pag'onani egalladi. Ertaga (С-1) Sherzod Kurbanaliyev, Abubakir Bukanovlar chiqish qiladi. Eslatib o'tamiz, milliy terma jamoamiz bilan jahon chempionatlari g'olibi va sovrindori, ispaniyalik xalqaro murabbiy Samuel Xernanz ishlamoqda.