Shu kunlarda slalomda eshkak eshish bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inida ishtirok etmoqda. Asosiy maqsad 14-17-avgust kunlari Xitoyning Syasi shahridagi Guychjou pravinsiyasida joylashgan suv sporti saroyida bo’lib o’tadigan Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko’rish. Sportchilarimiz C1 kanoeda, K1 baydarkada, C1 jamoaviy bellashuvlarda hamda kayak krossda medallar uchun bahs olib borishadi. O’zbekiston milliy terma jamoasining tarkibi: С1 Anvar Klevleev, Abubakir Bukanov, Sherzod Kurbanaliyev. K1 Pavel Eygel, Janibek Temirgaliyev, Samandar Saydullayev.