Shu kunlarda Ispaniya davlatining La-Seu-d’Urjel shahrida murabbiylar Izzatilla Rahmatullayev, Alibek Temirgaliyev hamda ispaniyalik xalqaro mutaxassis Samuel Xernanz boshchiligidagi 8 nafar slalomchilarimiz jahon kubigining birinchi bosqichiga, Pau shahridagi (Fransiya) ikkinchi bosqichiga, Praga shahridagi (Chexiya) uchinchi bosqichiga o‘z tayyorgarliklarini olib borishmoqda. Eng katta e’tibor – tezlikka, texnikaga va sportchilarning mahoratiga qaratilgan. Terma jamoamiz a'zolarining ro'yxati: С-1: Anvar Klevleev, Abubakir Bukanov, Sherzod Qurbonaliyev. K-1, KMX: Jonibek Temirgaliyev, Pavel Eygel, Xayotbek Abdullaev, Doniyor Islomov, Samandar Saydullayev.