Slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi kunida jamoaviy bellashuvlarida va ekstrim slalom bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari medallarga sazovor bo'lishdi.

    U23 yosh toifasida (C1 team) jamoaviy bahslarda Sherzod Kurbanaliyev, Ibragim Nasirjanov, Asilbek Ernazarov shohsupaning uchinchi pag‘onasidan joy olishdi.      Namangan maktabi tarbiyalanuvchisi Samandar Saydullayev U23 yosh toifasida ilk marotaba aynan ekstrim slalom bo‘yicha, andijonlik Muhammadrizo Mo‘ydinov 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasida bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, bu sportchilar Doniyor Islomov bilan birgalikda U23 yoshdagi slalomchilar o'rtasidagi jamoaviy bellashuvlarda (К1 team) shohsupaning uchinchi pag’onasini band etishdi.   Terma jamoamizning eng kichik a’zosi 14 yoshli Asilbek Ernazarov birjnchi marotaba xalqaro arenada chiqish qilib, jamoaviy bellashuvlarda bronza medali egasiga aylandi.    G'alabalar bardavom bo'lsin!